AsosiyJamiyat

Namanganda uyida qimorxona tashkil qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi

'Namanganda uyida qimorxona tashkil qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi'ning rasmi

 

Joriy yil 11 may kuni soat 17:30 larda, Uychi tumanida yashovchi, 1969 yilda tug`ilgan fuqaro g`arazli va past niyatlarda 5 nafar mahalladoshlariga tavakkalchilikka asoslangan qimor o`yini o`ynashlari uchun yashash uyida sharoit yaratish bilan birga o`zi ham ular bilan pul tikib qimor o`ynaganligi aniqlangan va daliliy ashyo olingan. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar qildi.

Ushbu holat bo`yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O`z.R JKning 278-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

 

    Boshqa yangiliklar