AsosiyJamiyat

Ozodbek Nazarbekov: O`zbek onasi deganda ko`z oldimga farg`onalik onalar keladi

'Ozodbek Nazarbekov: O`zbek onasi deganda ko`z oldimga farg`onalik onalar keladi'ning rasmi

Marg`ilon shahridagi “Ijodkorlar bog`i”da bo`lib o`tgan “Onalarga ehtirom” festivalining yakuniy viloyat bosqichida O`zbekiston Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ham ishtirok etdi.  

Tadbirning ochilish qismida so`z olgan Ozodbek Nazarbekov, “O`zbek onasi deganda mening ko`z oldimga farg`onalik onalar keladi. Shu bois “Onalarga ehtirom” festivali Farg`ona viloyatida tashkil etilgani ayni muddao bo`lgani yuz-ko`zlaringizdagi xursandchilikdan va quvonchdan ko`rinib turibdi” deya ta`kidlab, Farg`ona viloyati ayollariga hamda ular timsolida yurtimiz ayollariga o`zining samimiy tilaklarini bildirdi.

Shundan so`ng Ozodbek Nazarbekov yig`ilganlarni o`z qo`shiqlari bilan mamnun etdi.

    Boshqa yangiliklar