AsosiyJamiyat

Toshkent davlat stomatologiya institutida yangi magistratura mutaxassisligi ochiladi

'Toshkent davlat stomatologiya institutida yangi magistratura mutaxassisligi ochiladi'ning rasmi

️Toshkent davlat stomatologiya instituti Axborot xizmatining ma`lumotiga ko`ra, 2021/2022 o`quv yilidan boshlab Institut Finlyandiyaning nufuzli universiteti bilan hamkorlikda tibbiyot sohasi uchun menejment yunalishida kadrlarni tayyorlaydi.

Shu maqsadda, JAMK Amaliy fanlar universiteti ekspertlari ishtirokida “Sog`liqni saqlashda menejment” magistratura mutaxassisligi qo`shma ta`lim dasturi taqdimoti o`tkazildi.

 Taqdimotga ko`ra, ta`lim jarayoni Toshkent davlat stomatologiya instituti negizida, amaliyot jarayoni esa Finlyandiyaning etakchi davolash - profilaktika muassasalarida o`tkaziladi.

 

    Boshqa yangiliklar