Davlat organlari, xo`jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat tashkilotlari va muassasalari tomonidan aholidan, shu jumladan tadbirkorlardan quyidagi hujjatlarni talab qilish bekor qilinadi:
- shaxsni tasdiqlovchi hujjatning nusxasi;
- shaxsning belgilangan shakldagi fotosurati;
- tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining ma`lumotnomalari;
- mehnat daftarchalari va ularning nusxalari (fuqarolarga pensiya tayinlash jarayonida ushbu hujjatni "Yagona milliy mehnat tizimi" idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali olish imkoniyati mavjud bo`lmagan hollarda so`rash bundan mustasno);
- ish haqi va ish stajini, oliy va o`rta maxsus ta`lim muassasasida o`qiganlikni tasdiqlovchi arxiv ma`lumotnomalari (fuqarolarga pensiya tayinlash jarayonida ushbu hujjatni "Yagona milliy mehnat tizimi" idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali olish imkoniyati mavjud bo`lmagan hollarda so`rash bundan mustasno);
- kadastr hujjatlari va ularning nusxalarini.
Bunda, davlat organlari va tashkilotlari mazkur hujjat va ma`lumotlarni tegishli davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda, shu jumladan "Elektron hukumat" tizimi idoralararo integrasiyalashuv platformasi orqali so`rab oladi.






