AsosiyJamiyat

Homiladorlarning kompleks kuzatuvi yagona ma`lumotlar bazasi yaratiladi – SSV

'Homiladorlarning kompleks kuzatuvi yagona ma`lumotlar bazasi yaratiladi – SSV'ning rasmi

“Sog`liqni saqlash sohasini kompleks rivojlantirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident qaroriga ko`ra, Sog`liqni saqlash vazirligi 2021 yil 1 avgustdan boshlab Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida perinatal va skrining markazlari  hamda birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalaridagi onalar va bolalar salomatligiga mas`ul tuzilmalar (“Ayollar maslahatxonasi”, prenatal skrining xonasi, “tibbiyot brigadalari” tarkibidagi oilaviy shifokor, pediatr va boshqalar)ning homilador ayolni kompleks kuzatuvi bo`yicha o`zaro hamkorlik va muvofiqlashtirilishini ta`minlovchi yagona tizimni joriy etadi. Bu haqda SSV Matbuot kotibi ma`lum qildi.

Unga ko`ra:

  • homilador ayolni kompleks kuzatuvi yagona ma`lumotlar bazasini yaratish;

 

  • perinatal va skrining markazlari hamda birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalaridagi onalar va bolalar salomatligiga mas`ul tuzilmalar tomonidan yagona ma`lumotlar bazasiga zarur ma`lumotlarni kiritish, shuningdek, homilador ayollarning tibbiy kartasini yuritish;

 

  • shakllangan ma`lumotlarga asosan homilador ayollarga zarur maslahatlarni berish ko`zda tutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar