Joriy yilning 30 may kuni soat 07:43da Buxoro shahar, M.Iqbol ko`chasida joylashgan “Sahid Zarafshan” DEVELECO GROUP MChJ mehmonxonasining erto`lada yong`in sodir bo`lgan. Bu haqda Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, mehmonxonada joylashgan Boyler yozuvli suv isitish qozonining yuza qismidagi elektr simlari yongan.
Yong`in qutqaruvchilarining sa`y-harakatlari natijasida soat 07:52 yong`in bartaraf etilgan.
Qutqaruv vaqtida mexmonxonadagi 24 nafar fuqarolar xavfsiz joyga ko`chirilgan.
Birlamchi ma`lumotga ko`ra, yong`inning sababi elektr simlarining nosozligi deb taxmin qilinmoqda.
Hozirda moddiy zarar aniqlanmoqda. Yong`inni bartaraf etishda 4 ta yong`in qutqaruv avtoekipajlari jalb etilgan.
Yong`indan kuyish tan jarohati va halok bo`lish holatlari aniqlanmagan.