AsosiyJamiyat

Namanganda «Nexia» do`nglikka urilishi oqibatida haydovchi vafot etdi

'Namanganda «Nexia» do`nglikka urilishi oqibatida haydovchi vafot etdi'ning rasmi

 Namangan viloyati Pop tumanida 29 may kuni «Nexia» do`nglikka urilishi oqibatida haydovchi voqea joyida halok bo`ldi. Bu haqda Yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko`ra, hodisa 29 may kuni soat 04:20 da Toshkent–O`sh A373 avtomobil yo`lining 1-kilometrida sodir bo`lgan. Samarqand viloyatidan kelayotgan «Nexia» rusumli mashina ichida 4 nafar fuqarosi bilan yo`nalish bo`ylab harakatlanib kelayotgan vaqtida haydovchi uxlab qolgan. Buning oqibatida mashina yo`l chetidagi do`nglikka urilgan va haydovchi voqea joyida halok bo`lgan.

Qayd etilishicha, yo`lovchilar haydovchining tanishlari bo`lgan. Ular haydovchini bir necha bor uxlab qolishdan ogohlantirgan.

Boshqa yangiliklar