AsosiyJamiyat

Buxoroda maktab o`qituvchisi mahalladoshini pichoqlab qo`ydi

'Buxoroda maktab o`qituvchisi mahalladoshini pichoqlab qo`ydi'ning rasmi

Buxoro viloyati G`ijduvon tumanida 25 may kuni maktab o`qituvchisi mahalladoshini pichoqladi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, voqea soat 21:00 atrofida Ulfatbibi mahallasida sodir bo`lgan. Aniqlanishicha, ushbu mahallada yashovchi 36 yoshli maktab o`qituvchisi E.A. o`z uyi oldidan o`tgan yo`l yoqasida mahalladoshi 28 yoshli Ya.S. bilan o`zaro kelishmovchilik oqibatida janjallashib qolgan. Janjal vaqtida uyidan oshxona pichog`ini olib chiqib, Ya.S. ning chap qo`ltiq osti sohasiga bir marotaba urib, unga og`ir tan jarohati etkazgan.

Qayd etilishicha, hodisada jabrlangan Ya.S. zudlik bilan tuman tibbiyot bo`limiga qarashli tez tibbiy yordam markaziga olib kelingan va muolajalar qilangan. Hozirgi kunda davolash ishlari davom ettirilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan E.A.ga nisbatan Jinoyat kodekning 104-moddasi 2-qismi «l» bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, unga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan holda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar