Qiziriq tumanida 2021 yilning 8 may kuni tuman IIB TBning xabariga ko`ra, tumanning «Oqjar» mahallasida yashovchi, A.To`ra O`zbekiston Respublikasi Prezidenti «Ishonch telefon»iga qilgan murojaatida, 2019 yil mart oyida, tumanning «Gilambob» mahallasida yashovchi, tumandagi xususiy korxona rahbari, Sh.Soat o`zini Qiziriq tumani hokimiyatida ishlashini, do`koni uchun er ajratib berishini va`da qilib, 4.000.000 (to`rt million) so`m pullarini olib, o`zlashtirib ketadi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Bundan tashqari, tumanning «Etimqum» mahallasida yashovchi, N.Ulug`bek ham tuman IIBga ariza yozib unda, 2019 yil mart oyida, Sh.Soat o`zini tuman hokimiyatida ishlashini, do`kon uchun er ajratib berishini va`da qiladi va 200 (ikki yuz) AQSh dollarini olib o`zining ehtiyoji uchun ishlatib yuborgan.
Natijada 7 may kuni Sh.Soatga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






