AsosiyJamiyat

4 oy ichida O`zbekistonda 29,5 trln. so`mlik qurilish ishlari bajarildi

'4 oy ichida O`zbekistonda 29,5 trln. so`mlik qurilish ishlari bajarildi'ning rasmi

 Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yilning yanvar-aprel oylarida O`zbekistonda jami 29,5 trln. so`mlik qurilish ishlari bajarilgan. 2020 yilning mos davriga nisbatan o`sish sur`ati 100,8 % ni tashkil etdi.

  • Davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 1268,2 mlrd. so`mlik qurilish ishlari bajarildi. Ularning respublikadagi ulushi 4,3 % ga teng.  
  • Nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan 28271,8 mlrd. so`mlik qurilish ishlari bajarildi. Ularning respublikadagi ulushi 95,7 % ga teng.
  • Jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan 6938,6 mlrd. so`mlik qurilish ishlari bajarilgan.
  • Kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 17736,7 mlrd. so`mni tashkil qilgan.

    Boshqa yangiliklar