AsosiyJinoyat

Farg`onada maktab bitiruvchilarini Koreya xalqaro universitetiga o`qishga kiritib qo`yishni va`da qilgan firibgarlarga jinoyi ishi qo`zg`atildi

'Farg`onada maktab bitiruvchilarini Koreya xalqaro universitetiga o`qishga kiritib qo`yishni va`da qilgan firibgarlarga jinoyi ishi qo`zg`atildi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Farg`ona viloyati boshqarmalari tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi. 

Unda, “I.K.”, “A.C.” va “R.s.” MChJ rahbarlari va boshqalar oldindan til biriktirib, “H.I.” MChJ (til markazi) va Koreya xalqaro universiteti o`rtasida tuzilgan memorandum bekor qilingan bo`lsada, “H.I.” MChJ bilan soxta shartnoma tuzishib, maktab bitiruvchilari o`rtasida targ`ibot ishlarini o`tkazish orqali to`lov amalga oshirgan maktab bitiruvchilarini guyoki Koreya xalqaro universitetiga imtihonsiz o`qishga kiritib qo`yish va boshqa va`dalarni berishib, 7 nafar fuqaroning 20,5 mln so`mini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar