1

Minimal iste`mol xarajatlari miqdorining belgilanishi davlat byudjetiga ta`sir ko`rsatadimi?

Jamiyat 31.05.2021, 13:10
Minimal iste`mol xarajatlari miqdorining belgilanishi davlat byudjetiga ta`sir ko`rsatadimi?

Ushbu savolga Moliya vaziri o`rinbosari  Jamshid Abruev AOKAda o`tkazilgan matbuot anjumanida javob berdi.

«Minimal iste`mol xarajatlari miqdorining belgilanishi — o`z navbatida, davlat byudjeti hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamga berilayotgan moddiy yordamga ta`siri bo`ladi. Chunki ushbu ko`rsatkichning e`lon qilishini davlatning ma`lum bir ijtimoiy mas`uliyatlarni olishiga majbur qiladi.

Birinchidan, pensiya pullari, turli ko`rinishdagi nafaqa pullari xatlovdan o`tkazilib, e`lon qilingan minimal iste`mol xarajatlariga muvofiqlashtiriladi.

Ikkinchidan, minimal iste`mol xarajatlari — aholiga turli ko`rinishdagi ijtimoiy yordamlar ko`rsatishda mezon sifatida belgilanishi nazarda tutilmoqda", – dedi Jamshid Abruev. 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1