1

Xorijda ta`lim olayotgan talabalar ham SChR harbiy xizmatni o`tashlari mumkin

Jamiyat 31.05.2021, 13:19
Xorijda ta`lim olayotgan talabalar ham SChR harbiy xizmatni o`tashlari mumkin

AOKAda bo`lib o`tgan brifingda Mudofaa vazirligi boshqarma boshlig`i Ulug`bek Qodirov tomonidan qator savollarga javoblar qaytarildi.

Xorijda tahsil olayotgan yoki ishlab yurgan fuqarolarga o`z zimmasidagi xizmat burchini o`tashi uchun qanday qulayliklar mavjud?

➖Xorijiy ta`lim muassasasi yoki boshqa oliy ta`lim muassasasi talabalari faqat ta`tilga chiqqan vaqtlarida SChR xizmati oylik harbiy yig`inlarini o`taydilar.  

 Mazkur masalada muammo va savollar paydo bo`lsa Mudofaa vazirligining ishonch telefoniga 71-269-84-23 murojaat qilishingiz mumkin.

 

Egizaklar harbiy xizmatni birgalikda o`taydilarmi? Ularning biri SChR, ikkinchisi bir yillik xizmatga borishni xohlasa, ularning xohishi inobatga olinadimi?

➖Egizaklarni muddatli harbiy xizmatga jalb etish jarayonida avvalombor ularning Tanlov kengashi tomonidan muddatli harbiy xizmatga tavsiya etilganligi, jismoniy holati va asosiysi sog`ligining holati inobatga olinadi.  

Agarda ularning biri SChR, ikkinchisi bir yillik xizmatga borishni xohlasa, yuqoridagi holatlar inobatga olingan holda tegishli qaror qabul qilinadi.

 

Men armiya saflarida xizmat qilishga juda ham qiziqaman. Shuning uchun muddatli harbiy xizmatdan so`ng xizmatimni shartnoma bo`yicha davom ettirishim mumkinmi?

 

➖Fuqaro muddatli harbiy xizmatni o`tash davomida o`zi xizmat qilayotgan harbiy qism komandiri nomiga xizmatni kontrakt bo`yicha davom ettirish yuzasidan bildirgi orqali murojaat qilishi mumkin.

 

Harbiy xizmatga chaqiriluvchi muddatli xizmatni o`tash hududini yoki qo`shinlar turini o`z xohishi bilan tanlasa bo`ladimi?  

➖Chaqiruv jarayonida chaqiruv yoshidagi fuqaro harbiy xizmatni o`tamoqchi bo`lgan qo`shin turini tumanlardagi Butlash komissiyalari yoki Rahbariyat kengashlariga ma`lum qilishlari mumkin. Bunda ularning qiziqishi, tayyorgarligi, jismoniy tayyorgarlik holati va boshqa xususiyatlari inobatga olingan holda o`zi xoxlagan qo`shin turi vakillari bilan suhbat o`tkazish imkoniyati beriladi.

️Shuningdek, muddatli xizmatni o`tash hududini tanlash huquqiga ega emas.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1