1

"Minimal iste`mol xarajatlari (440 ming so`m) — bu iste`mol savatchasi emas" – Umid Obidxo`jaev

Jamiyat 31.05.2021, 14:09
"Minimal iste`mol xarajatlari (440 ming so`m) — bu iste`mol savatchasi emas" – Umid Obidxo`jaev

Bu haqda AOKAda o`tkazilayotgan matbuot anjumanida Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti direktori Umid Obidxo`jaev ma`lum qildi:

️ «440 ming so`m o`rtacha iste`mol xarajatlarini anglatadimi? Yo`q, bu minimal iste`mol xarajatlari hisoblanadi. Ya`ni bu — quyi chegara.

440 ming so`mdan jon boshiga minimal iste`mol chegarasi to`g`ri kelsa, faraz qilaylik, 5 kishidan iborat oila bo`lsa, bir oyga 2 mln 200 ming so`mdan to`g`ri keladi.

Demak, shu oilaning iste`mol xarajatlari 2 mln 200 ming so`mdan kamroq bo`layotgan bo`lsa, biz shu ko`rsatkichni ko`tarishimiz kerak.

Davlatning e`tibori, moliyaviy resurslari, inson resurslari, ijtimoiy-siyosat, iqtisodiy-siyosat mana shu masalaga qaritilishi kerak. Shu — asosiy masala. Minimal iste`mol xarajatlarini hisoblash, bu raqamni aniqlashning ahamiyati shunda».

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1