Men Namangan bo`ylab ilk bor sayohatga chiqdim. Oldin ham Namanganda bo`lganman, ammo ish safari yuzasidan edi. Bu safar men o`z sarguzashtlarim sari yo`lga otlandim. Birinchi bor Namanganga borishda taksi xizmatidan foydalanyapman. Bu mushkul ish ekan, ko`p ovvora bo`ldim. Oxiri o`z maqsadimga erishdim va Toshkent shaxridan 22:00 da yo`lga chiqib, 02:30 da o`z manzilimga etdim. “Shedevr Plaza” mehmonxonasiga borib joylashdim, ertalab esa quyosh ufqdan boshini ko`tarib menga salom berib, ko`zlarimni o`zining nurlari bilan qamashtirdi.
Sarguzasht boshlandi...
Namangan hokimligi tomonidan o`z sarguzashtlarim sari ilk qadamni tashladim. Mehmonxonadan chiqar ekanman, hokimlik tomonidan biriktirilgan Abbos ismli hamroh meni kutib oldi. Ilk manzil Namangan gullar festivali tomon bo`ldi. Hamrohimning aytishicha, Namangan shahrida xalqaro “Gullar festivali” 23—31 may kunlari o`tkazilar ekan.
Shuningdek, Namangan viloyati o`zining betakror ob-havosi, turfa gullarga burkangan so`lim manzillari bilan barchamizni o`ziga rom etishi hech kimga sir emas. Bu shahar go`zalligiga mos o`tkazilayotgan 60-Xalqaro “Gullar festivali” tadbiriga kiraverishdanoq bahri dilim ochildi. Ko`rkam, keng va yorug', ko`chalari-yu, sodda, samimiy insonlarini ko`rib ko`zim quvondi. Erta tongdanoq yo`l-yo`lakay ketar ekanman,ta`bimni xira qilgan muammolardan biroz chalg`igandekman.
Ayniqsa gulchilarning sermahsul ijod jarayonlari, ulardagi shijoat meni hayratlantirdi. Chekka tumanlar, viloyatlar, chet davlatlaridan kelib ushbu tadbirda mehmon bo`layotganlar orasida ham haqiqiy iqtidorlar, gullarni sevuvchi insonlar juda ko`p. Kelgan insonlar vaqtlarini mazmunli o`tkazish uchun festivaldagi turli tadbirlarda qatnashib, chehralarida tabbassumni aks ettirishmoqda.
Bir so`z bilan aytganda, mazkur festival boshlanish jarayonidan tortib tashkiliy ishlargacha a`lo darajada yo`lga qo`yilgan. Albatta ushbu festivalga mas`ul rahbariyatning ham bunda o`z o`rni va hissasi bor.
Sarguzashtim jarayonida gulchilarning rejalari va orzulari haqida suhbatlashdim. Faqat birgina muammo - vaqt etarli emasligini gulchilardan eshitganimdan so`ng, bu borada ularga tassanno aytgim keldi. Ular gulni etishtirish davomida, go`zalligiga mahliyo bo`lib, uning tezroq etilishini istar ekanlar.
Hullas, men ulkan taassurotlar ila poytaxtga qaytdim. Xulosa o`rnida aytmoqchimanki, o`z yurtimizda ham ko`zimizni quvontiradigan maskanlar ham bor. Mening ushbu sarguzashtim sababchisi bo`lgan Namangan viloyati hokimligiga va “Shedevr Plaza” mehmonxonasiga o`z minnatdorchiligimni bildiraman.
MARYaM SATTOROVA
"Darakchi" muxbiri
02.08.2022, 12:01
Ijtimoiy tarmoqlarda “O`qituvchi mardikormi?” nomli tarqalgan xabar yuzasidan Namangan viloyat Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi o`rganish o`tkazdi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi...06.01.2022, 21:56
2021 yil 29 dekabr kuni Namangan viloyatida YTH sodir bo`lgan. Bu haqda viloyat IIB ma`lum qildi. Xabarda aytilishicha, shu kuni soat 17:30 larda Yangiqo`rg`on tumani Mo`g`ol...05.01.2022, 21:55
2021 yil 28 dekabr` kuni, Chust tumanida yashovchi, 1968 yilda tug`ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, o`zini nomiga rasmiylashtirilgan ATB “Agrobank”ka tegishli plastik kartasidan 45.600.000...04.01.2022, 20:53
2021 yil 24 dekabr` kuni o`tkazilayotgan tadbiri davomida, Kosonsoy tuman IIB HPMB profilaktika inspektorlari tomonidan olingan tezkor ma`lumotga asosan, Kosonsoy tumanida yashovchi, 1964 yilda tug`ilgan...