1

Ohangaronda kuchli yong`in sodir bo`ldi. U tobora keng yoyilayotgani aytilmoqda(video)

Jamiyat 31.05.2021, 19:35
Ohangaronda kuchli yong`in sodir bo`ldi. U tobora keng yoyilayotgani aytilmoqda(video)

Toshkent viloyati Ohangaron tumani “Shodmalik” MFY hududida yong`in sodir bo`lgan. Holat yuzasidan FVV birlamchi ma`lumot berdi.

Bugun, 31 may kuni soat 15:52 da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchi dispetcherlik xizmatiga Toshkent viloyati Ohangaron tumani “Shodmalik” MFY hududidan o`tuvchi “Toshkent-Olmaliq” avtomobil yo`li bo`yida qurigan o`t va xas-xashaklar yonayotganligi to`g`risida xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga, Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 5 ta  yong`in o`chirish ekipajlari soat 16:09 da etib borgan, yong`in soat 16:52 da qurshab olingan. Hozirda yong`inni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Yong`in natijasida tan jarohati olgan va xalok bo`lganlar yo`q.

Vaziyat FVV rahbariyati tomonidan to`liq nazoratga olingan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1