1

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida 130 dan ortiq buyrak transplantasiyasi operasiyasi o`tkazildi

Jamiyat 31.05.2021, 19:45
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida 130 dan ortiq buyrak transplantasiyasi operasiyasi o`tkazildi

Ilgari yurtimizda buyrak va jigar etishmovchiligida organ transplantasiyasi amaliyotlari o`tkazilmasdi. Bu esa ko`plab bemorlarning erta vafotiga olib kelar yoki katta mablag` evaziga xorijda operasiya qildirib kelinishiga to`g`ri kelardi.  

Ayni paytda esa bu ikki murakkab amaliyot yurtimizda ham amalga oshirilmoqda, aynan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi transplantologiya bo`limida buyrak transplantasiyasi o`tkazilmoqda.  O`tkazilgan buyrak transplantasiyasi amaliyotlari soni 130 tadan oshgan. Bu yildan esa yiliga 100 ta shunday murakkab jarrohlik amaliyoti o`tkazilishi rejalashtirilmoqda.  

Shoshilinch tibbiy yordam xizmati takomillashishi natijasida 2016 yil shikastlanishlar tufayli bolalar o`limi 19 foiz, nogironlik ulushi 30 foizni tashkil qilgan bo`lsa, bu ko`rsatkich ayni paytda 19 foizdan 12 foizgacha, nogironlik esa 30 foizdan 22 foizgacha pasaydi.  

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1