1

Toshkent – Xojikent – Toshkent shaharlararo yo`lovchi poezdlarining 4 ta reysi bekor qilinadi

Jamiyat 31.05.2021, 19:55
Toshkent – Xojikent – Toshkent  shaharlararo yo`lovchi poezdlarining 4 ta reysi bekor qilinadi

Toshkent – Xojikent – Toshkent  shaharlararo yo`lovchi poezdlarining 4 ta reysi bir kunga bekor qilinadi. Bu haqda Transport vazirligining Matbuot xizmati ma`lum qildi.

 Ertaga, 1 iyun kuni “Toshkent mintaqaviy temir yo`l uzeli” UKga qarashli Qodirya – Oqqovoq stansiyalari oralig`idagi 1km temir yo`lda hamda mazkur temir yo`lning 16 kilometrida kapital ta`mirlash ishlari amalga oshiriladi.  

 Shu bois, 1 iyun kungi harakat jadvali bo`yicha soat

07:10 dagi “Toshkent – Xojikent”

10:10 dagi “Xodjikent – Toshkent”

14:06 dagi “Toshkent – Xojikent”

16:42 dagi “Xojikent – Toshkent” yo`nalishlarida qatnov bekor qilinadi.  

Shu kuni soat 17:31 hamda soat 19:13 da harakatlanadigan “Toshkent –Xojikent” yo`nalishidagi shaharlararo yo`lovchi poezdlari harakat jadvali bo`yicha qatnovini amalga oshiradi.  

“O`zbekiston temir yo`llari” AJ yuzaga kelgan noqulaylik uchun yo`lovchilardan uzr so`raydi.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1