1

1-sinf o`quvchisi xalok bo`lib, ayollar namoyishga chiqqach, Chiroqchidagi muammoga echim topildi

Jamiyat 31.05.2021, 22:29
1-sinf o`quvchisi xalok bo`lib, ayollar namoyishga chiqqach, Chiroqchidagi muammoga echim topildi

Xabaringiz bor, joriy yilning 21 aprel kuni Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani Xo`jaobod qishlog`i hududidan o`tuvchi A-378 “Samarqand-G`uzor” avtomobil yo`lining 83-kilometrida Isuzi rusumli yuk mashinasi yo`lda harakatlanib ketayotib, 2014 yilda tug`ilgan Xo`jaobod qishlog`ida yashagan 1-sinf maktab o`quvchisini urib yuborgan. Natijada  qizaloq og`ir tan jarohati olgani sababli shifoxonada vafot etgan edi.

Holat yuzasidan haydovchiga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan, tergov jarayonlari olib borilmoqda.

Ushbu holat sabab 2021 yil 23 aprel kuni Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani Qumdaryo mahallasi Oqtunli qishlog`ida yashovchi bir guruh ayollar Xo`jaobod qishlog`idan o`tuvchi A-378 “Samarqand – G`uzor” avtomobil yo`lini to`sgan. Bu holat esa tezkorlik bilan Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo`mitasi tomonidan nazoratga olingan edi.

Holat qo`mita tomonidan keng doirada o`rganildi, deya xabar bermoqda Senat axborot xizmati.

Unga ko`ra Xo`jaobod qishlog`idan o`tuvchi A-378 “Samarqand – G`uzor” avtomobil yo`lidagi qatnov va avtomobillarning yuqori tezlikda harakatlanishi Oqtunli qishloq aholisiga, ayniqsa maktab o`quvchilariga xavf tug`idaryotgani aniqlandi.

Shuningdek, mazkur holatni bartaraf etish maqsadida quyidagi ishlar amalga oshirilgani ma`lum bo`ldi. Jumladan, Xo`jaobod qishlog`idan o`tuvchi         A-378 “Samarqand – G`uzor” avtomobil yulining 83-kilometrida piyodalar bilan bog`liq yul-transport hodisalarini oldini olish va transport vositalarini belgilangan tezlikka amal kilishlarini nazorat qilish maqsadida 3.24 “Yuqori tezlik cheklangan” yo`l belgisi va onlayn tarzda ishlovchi fotoradar qurilmasi o`rnatildi va ushbu huddagi piyodalar yo`lagi chiziqlari va yo`l belgilari yangilandi.

Hududdagi 5.16.1/5.16.2 “Piyodalar o`tish joyi”, 1.21 “Bolalar”,  5.22 “Aholi punktining boshlanishi”, 3.24 “Yuqori tezlik cheklangan” yo`l belgilarilariga amal qilmasdan harakatlanayotgan transport vositalari haydovchilariga nisbatan tegishli choralar ko`rish kuchaytirildi.

Shu bilan birga, Oqtunli qishlog`ida yashovchi bir guruh ayollar Xo`jaobod qishlog`idan o`tuvchi  A-378 “Samarqand – G`uzor” avtomobil yo`lini to`sishga sabab bo`lgan yana bir muammo Oqtunli qishloq fuqarolarining farzandlari o`z hududida maktab bo`lmaganligi uchun qo`shni qishloqdagi maktabga borishda qiynalayotganligi, Xo`jaobod qishlog`idagi maktabga borishi uchun “Samarqand – G`uzor” avtomobil yo`lini kesib o`tishga majbur bo`layotganligi edi.

Ayni paytda ushbu muammoni hal etish bo`yicha qo`mita “Qumdaryo” MFY, Oqtunli qishlog`ida Chiroqchi tumani xalq ta`limi bo`limiga qarashli 99-sonli umumta`lim maktabining filiali uchun 176 o`rinli yangi maktab binosi qurilayotganligini ma`lum qiladi.

Ushbu yangi maktab binosi qurilish ishlarini amalga oshirish uchun 2021 yil 16 may kuni qonun talablari doirasida pudratchilar aniqlanib, qiymati 1 mlrd. 700 mln so`mlik qurilish ishlari boshlangan hamda pudratchi bilan tuzilgan shartnomaga ko`ra, maktab binosi 2021 yil 26 avgustda foydalanishga topshirilishi belgilangan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1