O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekistonda issiq va quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat Toshkent viloyatida kechasi ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi mumkin, momaqaldiroq bo`ladi. Shamol ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati 34-39°, shimolda, janubda va cho`l hududlarida ba`zi joylarda 40-43° gacha bo`ladi.
Poytaxtimizda havo biroz bulutli bo`ladi, kechasi ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi mumkin, momaqaldiroq bo`ladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, kechasi 12-17 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati 37-39° bo`ladi.
Respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati 23-28° bo`ladi.






