"Uzbekistan Airways" AJ tomonidan “Toshkent-Urganch-Aktau-Urganch-Toshkent” yo`nalishida navbatdagi yangi reys ochildi.
29 may kuni O`zbekistonning Qozog`istondagi elchisi Saidikrom Niyozxo`jaev, mamlakatimizning Aktaudagi Bosh konsulxonasi xodimlari, Aktau aeroporti direktori Selchuk Kiledji, shuningdek, Qozog`iston aviasiya organlari va OAV vakillari ishtirokida yangi reysning rasmiy ochilish marosimi bo`lib o`tdi.
Urganchga parvoz qilgan birinchi reys O`zbekiston va Qozog`iston fuqarolaridan iborat 70 nafar yo`lovchini olib ketdi.






