1

"UzAuto Motors" avtomobillarni sotib olishdagi navbatlar va "shapkalar" yuzaga kelayotgani bo`yicha izoh berdi.

Jamiyat 01.06.2021, 11:21
"UzAuto Motors" avtomobillarni sotib olishdagi navbatlar va "shapkalar" yuzaga kelayotgani bo`yicha izoh berdi.

Kompaniyaning xabar qilishicha, butun dunyo bo`ylab avtomobilsozlik sanoati yarim o`tkazgichlar tanqisligi bilan bog`liq qiyin davrlarni boshdan kechirmoqda. Mikrochiplarning global tanqisligi bir qator yirik avtomobilsozlik korxonalarida ishlab chiqarishni to`liq to`xtatishga olib keldi. “UzAuto Motors” AJ ushbu muammoning salbiy oqibatlarini minimallashtirishga muvaffaq bo`lib, zavodlarning to`liq to`xtab qolishiga yo`l qo`ymadi. Biroq, shu bilan birga aytish joizki, ko`pchilik ishlab chiqarish hajmining keskin pasayishiga guvoh bo`lmoqda va bu o`z navbatida yangi transport vositalarini etkazib berish muddatini uzayishiga sabab bo`lmoqda.

"Yuzaga kelgan holatdan foydalanib, ba`zi bir vijdonsiz bo`lgan subektlar tomonidan spekulyativ vaziyatlar va noqonuniy harakatlar sodir etilmoqda hamda bunga qarshi "O`zavtosanoat" AJ faol kurash olib bormoqda. Tovlamachilik haqida xabar berish orqali huquqbuzarlarga qarshilik ko`rsatish dasturiga o`z xissangizni qo`shing!" deyladi xabarda. 

Ma`lumot o`rnida:

Agar siz avtomobil xarid qilish vaqtida ma`lum bir avtomobil modelini sotib olish bo`yicha shartnomalar yo`qligi bilan bog`liq bo`lgan qonunbuzarlik yoki boshqa turdagi korrupsiya holatlariga duch kelsangiz, zudlik bilan "UzAuto Motors" AJning mijozlar bilan ishlash markazi 78 141 77-77 yoki O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 1007 qisqa raqamlariga murojaat qilishingizni so`raladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1