1

Bu yil O`zbekiston OTMlarga qabul uchun 5ta fandan imtihon o`tkaziladi

Jamiyat 01.06.2021, 12:59
Bu yil O`zbekiston OTMlarga qabul uchun 5ta fandan imtihon o`tkaziladi

 O`zbekiston milliy matbuot markazida “2021/2022 o`quv yili uchun oliy ta`lim muassasalariga kirish test sinovlariga tayyorgarlik holati” mavzusidagi matbuot anjumani bo`lib o`tmoqda. Unda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi va Davlat test markazi vakillari ishtirok etishmoqda.

Ijodiy imtihonlar topshiriladigan yo`nalishlar to`g`risida Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi bo`lim boshlig`i A.Mamanazarov ma`lumot berdi. 

Unga ko`ra,

— Ijodiy imtihonlar OTMda o`tkaziladi, bunda imtihonlarni onlayn kuzatib borish uchun videokuzatuv moslamalari o`rnatiladi;

— Jurnalistika yo`nalishlarida faqat ijodiy imtihon nazarda tutilmagan, ya`ni 2 ta ta`lim yo`nalishiga xos va 3 ta majburiy fanlardan test imtihonlari tashkil etiladi;

— Faqat pedagogik ta`lim yo`nalishlariga ijodiy (kasbiy) imtihonlari bilan birgalikda 3 ta majburiy fandan imtihon o`tkazilishi belgilangan;

— Baholash mezonlariga ko`ra barcha shakldagi imtihonlarda eng yuqori ball 280,5 etib belgilangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1