Xonanda Manzura Yo`ldosheva salkam qirq yoshga kirib, hali turmushga chiqmayotganidan afsuslanmasligini bildirdi. Bu haqda xonanda “Qalampir.uz” nashriga bergan intervyusida aytib o`tdi.
“Bir xonanda mendan ‘Manzura turmushga chiqdingmi?’ deb so`radi, men unga ‘Yo`q hali’ deb javob berdim. U esa ‘To`g`ri qilasan, turmushga chiqma. Erga tegsang, bir umr qaynona va uning urug`-aymog`i bilan kurashib o`tishing kerak’ dedi. 38 yoshga kirib turmushga chiqmaganimdan afsus qilmayman. Demak, Yaratgan menga shu taqdirni ravo ko`rgan. Hozir nima ko`p – ajrashish ko`p. Agar turmush qurib ajrashib ketadigan bo`lsam, bunday oila qurgandan yolg`iz o`tganim afzal”, – dedi xonanda.
Shuningdek, u “Yo teskari zamon bo`ldimi?” qo`shig`ini ijro etishiga oilasi buzilib ketayotgan dugonalarining taqdiri sabab bo`lganini ham aytib o`tdi.





