1

OTMlarga kirish imtihonlari bekor qilinishi mumkin

Jamiyat 01.06.2021, 14:55
OTMlarga kirish imtihonlari bekor qilinishi mumkin

Davlat test markazi bosh boshqarmasi boshlig`i Farhod Mirzaev oliy ta`lim muassasalarilarga kirish imtihonlari bekor qilinishi mumkinligini ma`lum kildi.

Ta`kidlanishicha, kirish imtihonlaridan voz kechib, bosqichma-bosqich maktablarda olinadigan imtihonlar hisobiga bolalarni oliy ta`lim muassasalariga qabul qilishni yo`lga qo`yish rejalashtirilgan.

"Unifikasiya bo`yicha qaror tegishli organga kiritilgan. Agar bu tasdiqlansa, biz kirish imtihonlaridan voz kechib, bosqichma-bosqich maktablarda olinadigan imtihonlar hisobiga bolalarni OTMlarga qabul qilishni yo`lga qo`yamiz. Masalan, to`rtta viloyat tanlab olinib, birinchi bosqichda shu viloyatlarda o`tkazish masalasi ko`riladi. Keyinchalik qolgan hududlarda ham bu amalga oshiriladi", — dedi Farhod Mirzaev.

Shuningdek, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi bo`lim boshlig`i ijodiy imtihonlar topshiriladigan yo`nalishlar to`g`risida ma`lumot berdi.

- ijodiy imtihonlar OTMda o`tkaziladi, bunda imtihonlarni onlayn kuzatib borish uchun videokuzatuv moslamalari o`rnatiladi;

- jurnalistika yo`nalishlarida faqat ijodiy imtihon nazarda tutilmagan, ya`ni 2 ta ta`lim yo`nalishiga xos va 3 ta majburiy fanlardan test imtihonlari tashkil etiladi;

- faqat pedagogik ta`lim yo`nalishlariga ijodiy (kasbiy) imtihonlari bilan birgalikda 3 ta majburiy fandan imtihon o`tkazilishi belgilangan;

- baholash mezonlariga ko`ra barcha shakldagi imtihonlarda eng yuqori ball 280,5 etib belgilangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1