1

Turkiya va Rossiyada qiyin ahvolda qolgan 6 nafar fuqaro O`zbekistonga olib kelindi

Jamiyat 01.06.2021, 15:04
Turkiya va Rossiyada qiyin ahvolda qolgan 6 nafar fuqaro O`zbekistonga olib kelindi

Asli toshkentlik M.A farzandi bilan Turkiyaga,  farg`onalik R.T va samarqandlik S.X voyaga etmagan farzandlari bilan Rossiya Federasiyasining Samara shahriga ishlash maqsadida ketadi.  

Ushbu fuqarolar pandemiya sababli ishsiz va turar-joysiz qoladi.

Mamlakatimizning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan fuqarolarning farzandlariga "Vatanga qaytish guvohnomasi" rasmiylashitirib berildi.

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi va Xalqaro migrasiya tashkiloti hamkorligida 1 iyun kuni Istanbul-Toshkent, Samara-Moskva-Toshkent aviareyslari orqali O`zbekistonga qaytarildi.

Fuqarolarni Toshkent xalqaro aeroportida Agentlik mas`ul xodimlari kutib olib, doimiy yashash manzillariga kuzatib qo`ydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1