AsosiyJamiyat

Iyun oyi davomida yurtimizning barcha hududlarida "Yoshlar oyligi" tashkil etiladi

'Iyun oyi davomida yurtimizning barcha hududlarida "Yoshlar oyligi" tashkil etiladi'ning rasmi

Bu haqda AOKAda utkazilaetgan matbuot anjumanida Yoshlar ishlari agentligi axborot xizmati rahbari Nodir Abduqodirov ma`lum qildi:

«2017 yildan boshlab an`ana tarzda yurtimizda har yili 30 iyun — Yoshlar kuni sifatida nishonlab kelinmoqda. Joriy yil ham iyun oyi davomida barcha hududlarda «Yangi O`zbekiston yoshlari, birlashaylik!» shiori ostida «Yoshlar oyligi» tashkil etiladi.

«Yoshlar oyligi» doirasida Qoraqalpog`iston Respublikasida «Bo`zatov Respublika yoshlar ovozi» festivali, Sirdaryo viloyatida «Bag`rikeng O`zbekiston — umumiy uyimiz» millatlararo do`stlik festivali, Farg`ona viloyatida «Talabalar bahori — 2021» festivali, Surxondaryo viloyatida «Munozara» intellektual respublika turniri, Xorazm viloyatida «Yoshlar — O`zbekistonning bebaho xazinasi» festivali kabi barcha viloyatlarni qamrab oladigan yoshlar festivallari, tanlovlar, uchrashuvlar va aksiyalar tashkil etiladi.

  Respublika bo`yicha jami 4 mln. 300 mingdan ziyod (14-30 yoshdagilarning 41 foizi) yoshlarni quyidagi 6 ta ustuvor yo`nalishdagi loyiha va tadbirlar orqali qamrab olish rejalashtirilmoqda».

Boshqa yangiliklar