AsosiyShou-biznes

Sardor Rahimxon ijodining 10 yilligiga bag`ishlangan yakkaxon konsertini taqdim etadi

9-10 may kunlari O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Sardor Rahimxon “Istiqlol” san`at saroyida “Har kuning ne`mat” deya nomlangan yakkaxon konsert dasturini taqdim etadi.

“10 yillik ijod, 10 yillik muhabbat, 10 yillik baxt! Juda katta hayajon ila sizga ataganlarim ko`p”, - deb yozib qoldirdi xonanda o`zining Instagramdagi sahifasida.

Konsert dasturiga chiptalar 20 martdan sotuvga chiqadi.

    Boshqa yangiliklar