AsosiyJamiyat

Surxondaryoda g`alladan bo`shagan erlar aholiga 10 yil muddatgacha ijaraga beriladi

'Surxondaryoda g`alladan bo`shagan erlar aholiga 10 yil muddatgacha ijaraga beriladi'ning rasmi

Surxondaryo viloyatining 60 ta sektor rahbarlari o`z hududidagi mahallalarda “o`sish nuqtalari”ni belgilab, ularni rivojlantirish uchun ish vaqtining kamida 50 foizini mahallada o`tkazadi. “Surxondaryo misolida tomorqadan samarali foydalanish bo`yicha xonadon egasi ­– tayyorlovchi korxona – qayta ishlovchi va eksportyorlarni bog`lovchi, yangi yaxlit tizim yaratamiz”, - dedi prezident viloyat hokimligida davom etayotgan faollar yig`ilishida.

Bu qanday bo`ladi?

“Darakchi” muxbiri Sardorbek Rahmonqulovning yig`ilishdan ma`lum qilishicha, mas`ullar ikki oy muddatda unumdorligi past bo`lgan g`alladan bo`shaydigan maydonlardan tomorqa er egalariga sabzavot-poliz mahsulotlari etishtirish uchun o`rtacha 15-20 sotixdan 10 yil muddatgacha ijaraga berishning huquqiy asoslarini ishlab chiqadi.

Mahsulotni kim sotib oladi?

Ushbu ajratilgan erlarda etishtiriladigan mahsulotlarga, meva-sabzavot va tomorqa klasterlari buyurtma beradi.  Buyurtmachilar mahsulot etishtirish uchun barcha moddiy resurslar bilan ta`minlaydi va etishtirilgan mahsulotni sotib oladi.

Bu tizim qanday ishlaydi?

60 ta sektorning har birida, tomorqada mahsulot etishtiruvchi xonadonlarni klasterlar bilan bog`lovchi tayyorlovchi korxonalar (saralash va saqlash punktlari) tashkil etiladi. Tayyorlovchi korxonalar tomorqa er egalaridan etishtirilgan mahsulotni sotib olib, saralab klasterlarga eksport qilish va qayta ishlash uchun beradi. Shuningdek, Rossiyadagi O`zbekiston elchixonalari va vakolatxonalarida Surxondaryo viloyati vakillari faoliyati yo`lga qo`yiladi.

Moliyaviy manba

Ushbu tizimni joriy qilish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamg`armasidan 1 trillion so`m mablag` ajratiladi.

Barcha sektor rahbarlari yil oxirigacha ushbu yo`nalish bo`yicha shug`ullanishga safarbar etilsin. Ushbu ishlarni viloyatda tizimli va sifatli tashkil etilishiga investisiya va tashqi savdo vaziri o`rinbosari Otabek Choriev shaxsan javob beradi”, - dedi davlat rahbari.

 

    Boshqa yangiliklar