AsosiyJamiyat

Ayrim tadbirkorlar xom ashyo importida bojxona to`lovlaridan 100 foiz ozod qilinishi mumkin. Ular kimlar?

'Ayrim tadbirkorlar xom ashyo importida bojxona to`lovlaridan 100 foiz ozod qilinishi mumkin. Ular kimlar?'ning rasmi

Surxondaryo viloyatida qurilish materiallari, engil, charm, oziq-ovqat, elektrotexnika, mahalliy sanoat kabi “drayver” sohalar jadal rivojlantiriladi. Prezident Shavkat Mirziyoev qurilish materiallari uchun ham xom ashyo resurslaridan samarali foydalanish kerakligini ta`kidlab, shu o`rinda, qurilish materiallari korxonalari uchun o`z mahsulotini eksport qilishda transport xarajatlari va kredit foizlarini qisman qoplab berish kabi imtiyozlarni joriy qilish taklifini berdi, deya xabar qilmoqda “Darakchi” muxbiri Sardorbek Rahmonqulov.

Bu bo`yicha investisiya va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqovga bir hafta muddatda qurilish materiallari sanoati salohiyatini oshirish bo`yicha qaror loyihasini kiritish topshirig`i berildi.

Shu o`rinda, yana bir muhim masala – viloyatda etarli e`tibor berilmayotgan mahalliy sanoatkorxonalarini qo`llab-quvvatlash uchun import o`rnini bosuvchi ijtimoiy-maishiy tovarlar:

  • bolalar o`yinchoqlari;
  • qog`oz;
  • mebel;
  • plastmassa va rezina buyumlar va hk. ishlab chiqaruvchi mahalliy sanoat korxonalarini mamlakatimizda ishlab chiqarilmaydigan xom ashyo va yarim fabrikatlarni import qilishda 2026 yil 1 iyulgacha bojxona to`lovlari to`lashdan ozod qilish bo`yicha Prezident topshiriq berdi.

 Mavzuga doir:

 4 ta tuman tadbirkorlari 2024 yilgacha ayrim soliqlardan ozod qilinadi, shuningdek...

Surxondaryoda g`alladan bo`shagan erlar aholiga 10 yil muddatgacha ijaraga beriladi

 

    Boshqa yangiliklar