Surxondaryo viloyati tarixida kuzatilmagan yangiliklarga boy bo`layotgan faollar yig`ilishida Shavkat Mirziyoev Termiz shahrida bu yil gaz bilan muammo bo`lmasligi yuzasidan mas`ullarga topshiriq berdi. Shahar aholisini barqaror tabiiy gaz bilan ta`minlash maqsadida, qo`shimcha magistral gaz quvurlarini qurish uchun maxsus Jamg`armadan 70 milliard so`m ajratiladi. Bu haqda yig`ilishdan “Darakchi” muxbiri Sardorbek Rahmonqulov ma`lum qildi.
Shuningdek, viloyatda 1 oktyabrgacha:
- 1 ming 230 kilometr yo`llar ta`mirlanadi;
- 700 kilometr suv tarmog`i tortiladi;
- 28 kilometr oqova suv tarmoqlari rekonstruksiya qilinadi;
- 1 ming kilometr elektr tarmog`ini tortish ishlari tugatiladi.
Bundan tashqari:
- Termiz tumani “Sabzipoya” mahallasida aniqlangan ichimlik suv manbasida artezian quduqlarini qazish, zarur suv tarmoqlari va inshootlari qurilishi loyihasi yil oxirigacha yakunlanadi.
- Denov shahrida 100 milliard so`m byudjet mablag`lari hisobiga, yangi oqova suv inshooti bu yil qurib bitkaziladi va 170 ming aholi kanalizasiya xizmatlari bilan qamrab olinadi.
Viloyat tarixida ilk bor
Yaqin 2-3 yilda viloyatda 1,5 million aholining ichimlik suv muammolarini to`liq hal qilish maqsadida, “To`polon” suv omboridan
400 kilometr magistral tarmoqlar qurishga Xalqaro moliya institutlaridan 150 million dollar jalb qilinadi.
“Kattabog`” mahallasi to`liq ichimlik suvi bilan ta`minlanadi
“Men kecha tashrif buyurgan Sherobod tumanining Kattabog` mahallasida yashaydigan 5 ming nafar aholi ham, toza ichimlik suv bilan to`liq ta`minlanadi. Ushbu mahalla aholisi, ayniqsa yoshlarga madaniy hordiq uchun sharoit yaratish maqsadida, zamonaviy mahalla markazi 1 oktyabrgacha barpo etiladi. Shuningdek, 200o`rinli bog`cha, 180ish o`rinli tikuvchilik loyihasi, 50 gektar issiqxona va 150 gektar anorzor ham tashkil etiladi. Umuman, yaqin 1,5 yil ichida bu erda 1 mingta yangi ish o`rni tashkil etiladi”, - dedi Prezident.






