Prezident Shavkat Mirziyoev ishtirok etayotgan Surxondaryo viloyati faollari bilan yig`ilishda sanoat sohasidagi jami qiymati 928 million dollarlik 56 ta qo`shimcha istiqbolli loyihalarning ixtisoslashuvi haqida ham so`z yuritildi, deya xabar bermoqda “Darakchi” muxbiri Sardorbek Rahmonqulov.
Xususan:
- Boysun, Sariosiyo, Sherobodni – qurilish materiallari;
- Qiziriq – engil sanoat;
- Oltinsoy – oziq-ovqat sanoati;
- Angor – charm sanoati;
- Bandixon, Muzrabot tumanlarini – mahalliy sanoatga ixtisoslashtirilib, ushbu tumanlarda tegishli klasterlar tashkil etish choralari ko`riladi.
Shuningdek, Sariosiyoda qurilish materiallari ishlab chiqarish innovasion industrial zonasi ham tashkil etiladi.
Ushbu 8 ta ixtisoslashtirilgan tumanda sanoatni rivojlantirish uchun zarur bo`ladigan, jami 674 kilometr suv, elektr, gaz, yo`l, aloqa tarmoqlarini qurish bo`yicha manzilli loyihalar shakllantiriladi.






