AOKAda o`tkazilgan brifingda ishtirok etgan Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Sevara Ubaydullaevaning ma`lum qilishicha, 31 maydan koronavirusga qarshi emlanadiganlar ro`yxati kengaytirildi.
Unga ko`ra:
➖Chet elga o`qishga boradigan talabalar;
➖Ommaviy axborot vositalari (jurnalistlar, blogerlar);
➖Badiiy, ommabop, siyosiy, ilmiy yo`nalishlar hamda turli sohalar bo`yicha yozuvchilar (shoirlar);
➖Teleradiokompaniyada xizmat qiluvchi xodimlari.
Shu paytga qadar 65 yoshdan yuqori insonlar, tibbiyot xodimlari, maktab o`qituvchilari, maktabagacha ta`lim muassasasi xodimlari hamda surunkali hastaliklar kuzatiladigan fuqarolar koronavirusga qarshi emlash jarayonlarida ishtirok etayotgan edi.






