AsosiyJamiyat

Surxondaryoda talabalarni yotoqxonalar bilan qamrab olish 1.5 baravarga, yaqin 4 yilda esa 3 baravarga oshiriladi

'Surxondaryoda talabalarni yotoqxonalar bilan qamrab olish 1.5 baravarga, yaqin 4 yilda esa 3 baravarga oshiriladi'ning rasmi

Ayni paytda davom etayotgan Surxondaryo viloyati faollari bilan yig`ilishda bosh vazir o`rinbosari Bekzod Musaev so`zga chiqib, oliy ta`lim muassasalari qamrovi, yotoqxonalarning bugungi kundagi holati haqida m`lumot berdi.  

Uning keltirishicha, so`nggi yillarda Surxondaryo viloyatidagi oliy ta`lim muassasalari soni 1 tadan 6 taga, oliy ta`lim qamrovidagi talabalar soni esa 6000 dan 36 000 nafarga etgan.

Shuningdek, Bekzod Musaev viloyatdagi talabalar yotoqxonalaridagi o`rinlar sonini yangi o`quv yili boshigacha 3000 dan 4500 taga etkazish ishlari olib borilayotganini , yaqin to`rt yil ichida esa bu ko`rsatkichni 8000 taga etkazish reja qilinganini aytdi. Prezident esa “10 000 ga etkazilsa rozi bo`laman”, - deb yotoqxonalardagi o`rinlar sonini oshirish topshirig`ini berdi.  

Shu bilan birga bosh vazir o`rinbosari faqatgina Surxondaryo viloyatida OTMlaridagi magistratura va doktorantura bosqichidagi 40 nafar ilmiy hodimlar uchun grant ajratish yuzasidan prezidentga taklif berdi va bunga javoban 50 nafar ilmiy hodim uchun davlat granti ajratiladigan bo`ldi.  

“Darakchi” muxbiri Sardorbek Rahmonqulov

 

    Boshqa yangiliklar