Ayni kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda “Parkent tumani Soʻqoq qishlogʻida eshak goʻshtidan taom (shashlik) tayyorlanmoqda, ehtiyot boʻling” kabi xabar tarqatilmoqda.
Ushbu holat yuzasidan, 26-may kuni Qashqadaryo viloyati Koson tumanida eshak soʻygan 4 nafar erkak ushlandi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida Koson tumani “Arabxona” mahallasida yashovchi fuqaro N.T.ga tegishli boʻlgan xonadon hovlisi xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilgan.
Mazkur xonadonda N.T, S.N., Sh.X. hamda T.A. ismli toʻrt nafar fuqaro isteʼmol qilinishi mumkin boʻlmagan hayvon — eshaklarni soʻyib, goʻshtini suyaklaridan ajratib kelayotgani aniqlangan.
Hozirda surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda. Holat yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot beriladi.