AOKAda 2 iyun, chorshanba kuni Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Sevara Ubaydullaeva ishtirokida bo`lib o`tgan brifingda koronavirusga qarshi vaksinaning 2–3 marta olinishi uning samaradorligi bilan bog`liq yoki bog`liq emasligiga oydinlik kiritildi.
Sevara Ubaydullaevaning ta`kidlashicha, koronavirusga qarshi vaksinalardan «Sputnik V» va «Astra-Zeneca» 2-bosqichli emlanish bilan inson organizmida yuqori darajada immunitet hosil qilinishiga yordam beradi. Shu o`rinda, «Sputnik V» vaksinasi, uning 2 bosqich emlanishi uchun 1- va 2-komponentlari mavjud bo`lib, har bir emlangan odam maxsus 1- va 2-komponentni to`liq olishi bilan organizmida immun himoya ishlab chiqishi mumkin.
Bundan tashqari, «ZF-UZ-VAC 2001» esa 3 bosqichli emlanish bilan immunitet hosil qilishga yordam beradi. To`liq 3-bosqichda emlangandan so`ng inson organizmida immunitet hosil bo`lishiga erishish mumkin.
«Shuni aytish joizki, vaksinalar 2 yoki 3 bosqichli bo`lsa-da, ularning barchasini sifati va emlashdan keyin hosil bo`ladigan immunitet darajasiga ko`ra samaradorligi bir xil va yuqori darajada immun himoya ishlab chiqilishiga xissa qo`shadi», — dedi shtab a`zosi.






