AsosiyJinoyat

Mirzo Ulug`bek tumanida dori vositalarini noqonuniy sotgan fuqarolar aniqlandi

'Mirzo Ulug`bek tumanida dori vositalarini noqonuniy sotgan fuqarolar aniqlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzo Ulug`bek tuman bo`limi tomonidan IIV xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro R.M. va I.X.lar dori vositalarini dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida sotish orqali daromad orttirishni ko`zlab, 200 dona “Remdesivir” dori vositasini xaridorga 10 000 AQSh dollariga sotganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizasiya qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar