O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun, 3 iyunda kunduz kuni O`zbekistonda quruq va issiq ob-havo saqlanib turadi. Ba`zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 37-39o, shimolda, janubda va cho`l hududlarida 40-43° gacha bo`ladi.
Poytaxtimizda issiq ob-havo bo`ladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 37-39° bo`ladi.
Respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 25-30° bo`ladi.






