AsosiyJamiyat

Xavf guruhiga kiruvchilar emlanish uchun vaksinani tanlashi mumkin, deyilgan. Bunga doim amal qilinadimi?

'Xavf guruhiga kiruvchilar emlanish uchun vaksinani tanlashi mumkin, deyilgan. Bunga doim amal qilinadimi?'ning rasmi

SSV Matbuot xizmatining ushbu savoliga vazirlik huzuridagi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi, tibbiyot fanlari doktori Sevara Ubaydullaeva javob berdi:

– Vaksina olish uchun havf guruhiga kiruvchilar ro`yxatida bo`lib, elektron ro`yxatdan o`tgan bo`lsangiz, oilaviy poliklinikada vaksinani tanlov asosida olishingiz mumkin.  

Ayrim tibbiyot muassasalarida vaksinasiya zaxirasi va etkazib berishda vaqtinchalik uzilishlar bo`lishi mumkin.  

Bunday holat aynan qaysi xudud va tibbiyot muassasada bo`lganligi haqida to`liq ma`lumot bo`lsa, nima uchun sizga aynan bitta vaksinani tavsiya qilishgani bo`yicha ma`lumot bera olamiz.  

Lekin shuni aytishimiz kerakki, vaksinasiya jarayoni va qamrab olinayotganlar to`g`risidagi ma`lumotlar to`liq o`rganilmoqda, maxsus ishchi guruxlar tashkil etilib, joylarda vaksinasiya jarayonining tashkil etilganligi, mavjud muammo va qiyinchiliklar taxlili qilinmoqda. Shuningdek, bu kabi holatlarni bartaraf etish ishlari ham olib borilmoqda.  

 

 

    Boshqa yangiliklar