AsosiyJamiyat

Toshkentda 27 sotix erni "tepadagilar" orqali auksionda olib berishni va`da qilgan shaxs qo`lga tushdi

'Toshkentda  27 sotix erni "tepadagilar" orqali auksionda olib berishni va`da qilgan shaxs qo`lga tushdi'ning rasmi

Er olib berish bilan bog`liq firibgarlik holati aniqlandi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament.

Departamentning Mirzo Ulug`bek tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro T.S. o`zgalar mulkini qo`lga kiritish maqsadida, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali fuqarolar M. va O.ga Toshkent viloyatidan 27 sotix er maydonini “Elektron onlayn auksion” orqali olib berishiga ishontirib, ularning jami 80 mln so`mini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar