O`zbekiston Respublikasi elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnikaviy ekspluatasiya qilish qoidalariga asosan, bugun 3 iyun kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha joriy profilaktika ishlari sababli Yangiariq, Shovot, Urganch, Hazorasp, Gurlan tumanlarining ayrim hududlari elektr energiyasida uzilishlar bo`lishi mumkin. Bu haqda "Xorazm hududiy elektr tarmoqlari"AJ Axborot xizmati xabar berdi.
Elekr tokidan uziladigan hududlar:
* Yangiariq tumani Tagan, Gulshanda, Sevgan, Killavit, Gulobod, Pursang, Achchiq quyi mahallalari;
* Shovot tumani Taraqqiyot, Xitoy, Uzunko`l, Qozoqqal`a, Do`stlik mahallalari;
* Urganch tumani Uyshin, Miroblar, Arablar, Merganovul, Anjirchi, Jayxun, Yuqori ovul, Cho`lobod, Oyoqbog`, Oltin ko`l mahallalari;
* Hazorasp tumani Beshta, To`rtta, Yangixayot, Buyuk siymo, Istiqlol mahallalari;
* Gurlan tumani Besh uy mahallasi.






