Xorazm viloyati Gurlan tumanida yashovchi fuqaro G`.Davletov tomonidan 2021 yil 7 may kuni O`zbekiston Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federasiyasining 1091 ishonch telefoni orqali murojaat kelib tushgan.
Murojaatda ta`kidlanishicha iste`molchi G`.Davletov Urganch shahrida joylashgan “Orient Avto Lizing” MChJ bilan 2020 yil 15 oktabr kuni Davletov Farxod nomiga Damas rusumli mashinaga 28.087.269 (yigirma sakkiz million sakson etti ming ikki yuz oltmish to`qqiz ) so`m to`lov qilib shartnoma imzolagan biroq ushbu mashina shartnoma muddati o`tganidan keyin xam kelmaganidan norozi bo`lgan fuqaro pulini qaytarib berishlarini so`rab ariza bilan murojaat qilganida xam puli qaytarib berilmagan.
Murojaatdagi holatlarga oydinlik kiritish maqsadida Federasiyaning Urganch shahar jamiyati “Orient Avto Lizing” MChJ xodimlari va iste`molchi bilan birgalikda o`rganish ishlari olib borildi.
O`rganish natijasiga ko`ra, 28.087.269 (yigirma sakkiz million sakson etti ming ikki yuz oltmish to`qqiz ) so`m pul mablag` iste`molchiga olib berilishiga erishildi.






