Davlat soliq qo`mitasi huzuridagi Fiskal institut 2021/2022 o`quv yilida ta`limning quyidagi bakalavriat yo`nalishlarida talabalikka qabul qiladi:
- Soliq va soliqqa tortish;
- Buxgalteriya hisobi va audit;
- Raqamli iqtisodiyot.
Ta`lim kunduzgi va sirtqi shakllarda, kredit-modul tizimi asosida tashkil etiladi va to`lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
O`qish muddatlari:
- kunduzgi ta`lim shakli uchun 4 yil;
- sirtqi ta`lim shakli uchun 5 yil.
Shuningdek, Rossiya Federasiyasi Hukumati huzuridagi Moliya universiteti bilan hamkorlikda ham 4 yillik kunduzgi ta`lim asosida kadrlar tayyorlanadi.
Qabul barcha uchun ochiq, qonunchilikda belgilangan tartibda teng huquqlilik, yagona qabul qoidalari va yagona tanlov asosida amalga oshiriladi.
Kirish imtihonlari iqtisodiy ta`lim blokidagi fanlar bo`yicha o`tkaziladi.
Talabalar uchun quyidagi qulayliklar taqdim etiladi:
- ️ bitiruvchilarni ish bilan ta`minlashga alohida e`tibor qaratiladi;
- o`quv jarayonida ta`limning masofaviy shakllari ham qo`llaniladi;
- ikki yil davomida ingliz tili chuqurlashtirilgan holatda o`qitiladi;
- talabalar turar joy bilan ta`minlanadi;
- Rossiya Federasiyasi Hukumati huzuridagi Moliya universiteti bilan hamkorlikdagi ta`limning 3-4 bosqichlari Rossiya Federasiyasining Moskva shahrida amalga oshiriladi;
- dars mashg`ulotlariga vazirlik va idoralarning etakchi amaliyotchi mutaxassislari jalb etiladi;
- o`quv jarayonining yakuniy bosqichi soliq organlari ma`muriy binolarida tashkil etiladi;
- ta`lim jarayoni Fiskal institutning eng zamonaviy kampuslarida tashkil etiladi.
Batafsil ma`lumotlarni Fiskal institutning https://fiin.uz/ saytidan olishingiz mumkin.
Qo`shimcha ma`lumot uchun telefonlar: 71 275-56-92, 71 274-03-00






