O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan “5 muhim tashabbus” ijrosi yuzasidan Guliston shahridan oqib o`tuvchi “Do`stlik” kanali qirg`og`ini obodonlashtirish doirasida Sirdaryo viloyat prokuraturasi tashabbusi bilan 2,6 gektar maydonda “Besh tashabbus xiyoboni” kompleksi barpo etildi.
O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o`rinbosari Erkin Yuldashev, Sirdaryo viloyati hokimi G`ofurjon Mirzaev, viloyat prokurori Shoxrux Aminov hamda sektor rahbarlari ishtirokida ushbu kompleksning ochilishi bo`lib o`tdi.
Muqaddam aholi foydalanuvida bo`lgan, biroq 2016 yildan buyon yaroqsiz bo`lib, tashlandiq holatga kelib qolgan cho`milish havzasi prokuratura organlari tashabbusi bilan rekonstruksiya qilindi.
Ushbu maskanni obodonlashtirish jarayoni viloyat 2-sektor rahbari tomonidan o`rganilib, o`tgan davr mobaynida rekonstruksiya ishlari “5 muhim tashabbus” talablariga moslashtirildi.
Amalga oshirilgan ishlar natijasida:
- hovuz atrofi piyodalar yo`lakchasi, veloyo`lakcha hamda qumli to`shamalar bilan o`raldi;
- Tekislash ishlari bajarilib, beton, rang berish ishlari amalga oshirildi;
- kompleks 24 soat faoliyat ko`rsatishi uchun zarur bo`lgan quyosh batareyali 90 ta tungi yoritish chiroqlari bilan ta`minlandi;
- madaniy hamda ko`ngilochar tadbirlarni ochiq havoda o`tkazishga mo`ljallangan maxsus sahna (amfiteatr) qurildi;
- kompleksda tadbirkorlar tomonidan engil tipdagi savdo do`konlari o`rnatildi, foydalanuvda bo`lmagan, tashlandiq holatdagi binolar ta`mirlanib, foydalanish hamda xizmat o`rsatish uchun tayyor holga keltirildi, ulardan bittasida “bookcafe” shaklidagi kutubxona faoliyati yo`lga qo`yildi, “Do`stlik” kanaliga 2 dona kater keltirilib, kanal bo`ylab sayr qilish imkoniyati yaratildi;
- maydon ko`kalamzorlashtirilib, 2000 dan ortiq manzarali daraxt ko`chatlari ekildi;
- prokuror sektoridagi “Yoshlar daftari” hamda “Ayollar daftari”ga kiritilgan 30 dan ortiq ayollar va yoshlar tibbiy, sanitar, ijtimoiy va boshqa sohalarda kompleksdan foydalanuvchilarga xizmat ko`rsatish uchun ish bilan ta`minlandi, kompleks davlat-xususiy sheriklik asosida foydalanishga topshirildi.
Ochilish marosimiga ulanib ketgan bo`sh ish o`rinlari mehnat yarmarkasi, sport o`yinlari va yurtimizning taniqli estrada yulduzlari ishtirokida o`tkazilgan katta bayram dasturi, ko`zlarni quvontirgan mushaklar yog`dusi bilan birga viloyat aholisiga ko`ratinki kayfiyat, bayramona shkuhni taqdim etdi.
Tadbirda ishtirok etgan bolajonlarga turli sovg`alar ulashildi, ushbu bayram ularning uzoq vaqt yodida saqlanib qoladigan bo`ldi.






