Gazeta.uz da yozilishicha, Prezident administrasiyasining auksionga qo`yilgan uchta "Mercedes Benz E240", bitta "Mercedes Benz E320" avtomobillari texnik jihatdan xizmatga yaroqli. Avtomobillar qora rangda, 2003−2004 yillarda ishlab chiqarilgan. Yurgan masofasi 378 325 dan 854 240 km gacha.
Sotuvga qo`yilgan ushbu avtomobillarning barchasi PPP avtoraqamlariga ega. Boshlang`ich narxlar — 129,6 mln so`mdan 136 mln sumgacha.
Shuningdek, kim oshdi savdosiga 1996 yilda ishlab chiqarilgan, yurgan masofasi 352 110 km ga teng bo`lgan, oq rangdagi Mercedes Benz 412 D KA ham qo`yilgan. Uning boshlang`ich narxi 188,1 mln so`mga teng.
Barcha lotlar bo`yicha arizalar 15 iyungacha qabul qilinadi, kim oshdi savdosi 17 iyun kuni bo`lib o`tadi.






