AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda 26,3 mingta ob`ekt noqonuniy qurilgan

'Qashqadaryoda 26,3 mingta ob`ekt noqonuniy qurilgan'ning rasmi

AOKAda bo`lib o`tgan brifingda Kadastr agentligi axborot xizmati rahbari Ne`mat Atamuratov Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish va ko`chmas mulkni davlat ro`yxatidan o`tkazish masalalari yuzasidan ma`lumot berdi.

Kadastr agentligining hududiy boshqarma hamda  ularning quyi tizimlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar natijasida kadastr bazasida 2021 yil 31 may holatiga 7 mln 830 mingta ko`chmas mulk ob`ekti to`g`risidagi ma`lumotlar shakllantirildi.  

Qashqadaryo viloyatida o`tkazilgan xatlovda ko`chmas mulk ob`ektlarining huquqiy holatini aniqlash uchun ob`ektlar tajriba tariqasida qizil (noqonuniy qurilgan), sariq (hujjatlari to`liq emas yoki hujjati bo`lmasa-da qurish mumkin bo`lgan erga qurilgan) va yashilga (hujjatlari to`liq) ajratildi.

Hisob-kitoblarga ko`ra qizil ob`ektlar – 26,3 mingta (4%), sariq ob`ektlar – 509 mingta (65%) va yashil ob`ektlar – 228 mingtani (31%) tashkil etdi.

 

    Boshqa yangiliklar