Termizda Prezident kortejidagi avtomobil ishtirokida YTH yuz bergani haqidagi xabarlar rad etildi

Jamiyat 03.06.2021, 17:40
Teglar: Prezident
Termizda Prezident kortejidagi avtomobil ishtirokida YTH yuz bergani haqidagi xabarlar rad etildi

Joriy yilning 3 iyun kuni ijtimoiy tarmoqda “Prezident tashrifi vaqtida ko`cha supurayotgan ayolni hokimlik mashinasi urib ketdi. Ayol ikki kundan buyon komada” sarlavhasi ostidagi xabar tarqaldi.

Aniqlanishicha, 2021 yilning 1 iyun kuni soat 07:30 larda haydovchi E.B. o`z boshqaruvida bo`lgan “Kaptiva” rusumli avtomobilni Termiz shahri, “Shodlik” mahallasidagi A.Temur ko`chasi bo`ylab boshqarib kelib, ushbu ko`chaning “Barkamol avlod” markaziy ko`chasi bilan kesishgan chorrahasidan o`tayotgan vaqtda unga nisbatan chap tomondan o`ng tomonga qarab piyodalar yo`lakchasidan velosipedda ketayotgan  P.R.ni avtomashinasining old qismi bilan turtib yuborishi natijasida yo`l-transport hodisasini sodir etgan.  

Natijada, fuqaro P.R. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Termiz filialidagi jonlantirish bo`limiga yotqizilgan.  

Holat yuzasidan Termiz shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan  tekshiruv  harakatlari olib borilmoqda.  

"Surishtiruv davomida aniqlanishicha, mazkur transport vositasi davlat rahbarining Surxondaryo viloyatiga tashrifi jarayonida tashkil etilgan kortej avtomobillariga aloqasi yo`qligi, bundan tashqari Amir Temur va Barkamol Avlod ko`chalarining kesishmasida kortej harakatlanmaganligini ma`lum qilamiz",–deyiladi YHXBB xabarida.

Sharhlar

O`zbekiston Qurolli kuchlarini qurollantirish bo`yicha davlat komissiyasi tashkil etildi

03.02.2023, 11:00

O`zbekiston Prezidenti “O`zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarini qurollantirish va mudofaa sanoati sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish bo`yicha chora-tadbirlar to`g`risida”gi farmonni imzoladi.Hujjat bilan O`zbekiston Qurolli kuchlarini qurollantirish bo`yicha...
⚡️Shavkat Mirziyoev Andijonga jo`nab ketdi

01.02.2023, 09:59

Prezident Shavkat Mirziyoev hududlar iqtisodiyoti, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida Andijon viloyatiga jo`nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.Ma`lum qilinishicha, tashrif davomida...
Prezident Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan loyihalar taqdimoti bilan tanishadi

08.08.2022, 11:02

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ishtirokida bo`lib o`tgan brifingda Shavkat Mirziyoevning joriy haftadagi ish jadvali haqida ma`lumot berildi. Ma`lum qilishicha, davlat rahbarining joriy haftadagi ish jadvalida O`zbekistonning iqtisodiy-ijtimoiy...
O`zbekiston Prezidenti Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda keng ko`lamli xalqaro hamkorlikka chaqirdi

24.06.2022, 22:11

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan 24 iyun kuni “BRIKS plyus” formatidagi Global taraqqiyot masalalari bo`yicha yuqori darajadagi muloqotda...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1