Internet ijtimoiy tarmoqlarda “Andijon viloyati Asaka tumanidagi 65 nafar fuqaro uy-joy masalasida hokimiyat xodimlariga aldanganini aytmoqda” nomli e`lon qilingan xabarlar yuzasidan viloyat prokuraturasi rasmiy bayonot berdi.
Aniqlanishicha, Asaka tumanida yashovchi bir guruh fuqarolarga uy-joy qurib berishni va`da qilib, pul mablag`lari olib, ushbu pul mablag`larini o`z shaxsiy ehtiyojlariga sarflab yuborib, fuqarolarning manfaatlariga juda ko`p miqdorda zarar etkazganligi holati yuzasidan Andijon viloyati prokuraturasi tomonidan «S.P.» va «S.S.» MChJ mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) va boshqa moddalari bilan qo`zg`atilgan jinoyat ishi bo`yicha tergov harakatlari olib borilgan.
Jinoyat ishi bo`yicha A.A. va boshqa 7 nafar shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va boshqa moddalari bilan ayb e`lon qilinib, jinoyat ishi mazmunan ko`rib chiqishlik uchun Andijon viloyati sudiga yuborilgan.
Hozirda jinoyat ishlari bo`yicha Baliqchi tumani sudi tomonidan mazkur jinoyat ishi yuzasidan sud muhokamalari davom etmoqda.






