Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish majmuasi tomonidan yangi bolalar muassasasi foydalanishga topshirildi.
1 iyun kuni Buxoro viloyatining Olot tumanida davlatimiz rahbarining 2020 yilda tabiiy ofatdan zarar ko`rgan hududda maktabgacha ta`lim tashkilotlari qurilishini tashkil etish yuzasidan bergan topshirig`i ijrosini ta`minlash maqsadida O`zbekiston Respublikasi Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish majmuasi tomonidan yuz o`ringa mo`ljallangan yangi muassasa foydalanishga topshirildi.
– Bolalarimizning etuk va barkamol shaxs bo`lib voyaga etishida bog`cha tarbiyasi katta ahamiyatga ega. Mamlakatda maktabgacha ta`lim sohasini rivojlantirish bo`yicha ham tashkiliy, ham mazmun jihatidan ko`p ishlar qilinmoqda. Muassasaning ochilishi farzandlarimizni har tomonlama barkamol qilib voyaga etkazish, jamiyatimiz uchun bilimli avlodni shakllantirishda muhim qadam hisoblanadi, deya ta`kidladi Bosh vazir o`rinbosari Sh.G`aniev.






