AsosiyJamiyat

Erta turmush qurganlarning 25,1 foizi zarur darajada tibbiy yordam olmagan — sosiologik tadqiqot

'Erta turmush qurganlarning 25,1 foizi zarur darajada tibbiy yordam olmagan — sosiologik tadqiqot'ning rasmi

 Erta nikohning sabablari bo`yicha — kelinlar o`rtasida sosiologik tadqiqot o`tkazilgan.

Tadqiqot natijalariga ko`ra, 41,6 foiz respondent homiladorlik va tug`ruqdan keyingi davrda zarur tibbiy yordamni to`liq olgan. Ammo ijtimoiy so`rovda qatnashgan jami respondentlarning 12,7 foizi tibbiy yordamni to`liq olmagan. Yana 7,2 foiz respondent tibbiy yordamga ko`p mablag` sarflashga to`g`ri kelganini ta`kidladi.

Ushbu tadqiqot natijalari asosida tahliliy ma`lumotnoma tayyorlandi hamda Senatga taqdim etildi.

2021 yil iyun-iyul oylarida BMTning Aholishunoslik jamg`armasi bilan hamkorlikda erta nikoh va erta tug`ruq holatlari ko`p kuzatilayotgan Namangan, Qashqadaryo, Samarqand, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida chuqurlashtirilgan sosiologik tadqiqot o`tkaziladi.

    Boshqa yangiliklar